Bitta ssenariy — "Bilakdagi tabib", Sino AI uchun. Uchta daraja yonma-yon: tanlang va farqni o'zingiz ko'ring. 00:58 · 9:16 · 24 fps
AI video production · O'zbekiston
Kino darajasidagi AI video
Reklama, storytelling va motion — AI bilan. Ssenariy, kadrlar, montaj, ovoz va tarjima bitta jamoada.
850K obunachili History of Uzb ham bizning ishimiz
Brendingizga qanday video kerak?
Biz bilan ishlagan brendlar
Tibbiyot, ta'lim, maishiy texnika, oziq-ovqat, avto, qishloq xo'jaligi va davlat sektori.
YOSHLAR ISHLARIagentligi
MILLAT UMIDIuniversity



EUROPEGAS
obunachi · Instagram
History of Uzb — O'zbekistondagi eng tez o'sayotgan AI kontent loyihasi. Har bir rolikni o'zimiz yaratamiz.
- Tarixiy syujetlar, to'liq AI'da: personaj, kadr, ovoz va montaj
Har oy yangi obunachilar
May — viral burilish nuqtasi: bir oyda 200K yangi obunachi.
Manba: Instagram Insights · Dek 2025 — 7 Okt 2026 · Okt: 1–7 kunlar
Tomoshabinlar qancha ko'rdi
Birinchi 3 soniya — hook. Tomoshabinni shu yerda ushlab qolamiz.
Namunaviy grafik · aniq ma'lumotlar tez orada yangilanadi
Brendlar uchun nima qildik
Har bir loyiha: vazifa, g'oya, jarayon va natija. Ochib, to'liq ko'ring.
Sino AI Ibn Sino merosidan Sino Band'gacha: 3 tilli Instagram reklama Keysni ochishYopish
Sino AI — o'zbek health-tech brendi: Sino Band bilaguzugi va ilova. Ilova salomatlik darajasini hisoblaydi, diabet, yurak-qon tomir va mental salomatlik xavfini baholaydi, tahlillarni oddiy tilda tushuntiradi.
Instagram uchun 9:16 reklama roligi: brendni Ibn Sino merosiga bog'lash, so'ng mahsulotni zamonaviy va premium ko'rinishda ko'rsatish.
«Bilakdagi tabib». Ming yil avval Ibn Sino insonni bilagidan «o'qigan». Bugun bu ishni Sino Band davom ettiradi.
- Ssenariy. Tarixiy faktlarga asoslangan ssenariy va ovoz matni; mijoz qo'shimchalari, masalan mental salomatlik moduli, ham kiritildi.
- Kinematografik qism, ~58 s. Afshonada tug'ilishi, Nuh ibn Mansurni davolashi, saroy kutubxonasi, «Tib qonunlari», Yevropa universitetlari. Har bir lokatsiya va personaj uchun alohida reference, animatsiya Seedance 2.5 va Kling 4.0 da.
- Davr aniqligi. Puls ikki barmoq bilan tekshiriladi, qamish qalam, davrga mos chiroq, haqiqiy o'zbek beshigi.
- Motion qism, ~35 s. Mahsulot fotosi 4× sifatgacha oshirildi; Figma'dagi haqiqiy ilova ekranlari — Sino Band, salomatlik darajasi, xavf kartalari, oila bo'limi — animatsiyaga aylantirildi, har bir harakat ovozga sinxron.
- Ovoz va musiqa. ElevenLabs ovoz, musiqa va professional mix, −14 LUFS.
- O'zbekcha to'liq rolik — 96 s
- Ispancha va inglizcha versiyalar — 85 s: tarjima, yangi ovoz, ekrandagi barcha matnlar
- Alohida 33 s'lik motion-only reklama
- Asosiy ishlab chiqarish va 3 tilli versiyalar taxminan 1 hafta ichida
Zarmed University «Tarix + yo'nalish»: abituriyentlar uchun 10 ta Reels Keysni ochishYopish
Zarmed University — Samarqand va Buxoro kampuslari.
Instagram'da abituriyentlarni yo'nalishlarga jalb qiladigan Reels seriyasi. Oddiy reklama emas — qiziqarli va ishonchli kontent. O'zbek tilida, 9:16, har biri ~1,5 daqiqa.
Yo'nalishni tarix orqali sotish: tarixiy hook → haqiqiy hikoya → «Zarmed universitetida talaba bo'ling!»
- Kontent-reja. 10 mavzu: Tibbiyot, Samarqand, Arxitektura, Moliya, Filologiya, Tarix, Pedagogika, Turizm, Maktabgacha ta'lim, Buxoro. Qahramonlar orasida Ibn Sino, Amir Temur, Buyuk Ipak yo'li.
- Ssenariy. Har bir fakt chuqur tekshirildi.
- Ishlab chiqarish. AI ovoz, original musiqa, qahramonlar reference'lari; har bir videoga ~30 kinematografik kadr va ~30 AI-video klip (Kling 3.0, 1080p).
- Post. Montaj, sound design, titrlar, color grading.
- Nazorat. Har bir kadr tarixiy aniqlik, anaxronizm va mantiq bo'yicha tekshirildi. Kampus kadrlari — faqat haqiqiy suratlar, Zarmed nomi faqat finalda.
- 10 ta videodan iborat Reels seriyasi
- Ichki pipeline tufayli har bir video bir necha kunda tayyor
Biz nima qilamiz
Uch yo'nalish. Har birida real mijoz ishlari — bosing va ovozi bilan ko'ring.
Nima qila olamiz
Har bir loyiha alohida. Muddat va narxni bepul konsultatsiyada aytamiz.
Reklama roligi
Mahsulotni sotadigan qisqa rolik: ssenariy, AI kadrlar, montaj, ovoz va musiqa.
Brend hikoyasi
Tarixiy yoki emotsional syujet, kino darajasidagi kadrlar. Brendni his-tuyg'u bilan bog'laydi.
Motion-dizayn
Ilova ekranlari, mahsulot va infografika animatsiyasi — ovozga sinxron.
Boshqa tilga versiya
Tayyor rolikni boshqa bozorga: tarjima, yangi ovoz, ekrandagi barcha matnlar.
Oddiy syomka, frilanser yoki NGC?
| Oddiy syomka | Frilanser | NGC | |
|---|---|---|---|
| Muddat | Haftalar: lokatsiya, aktyorlar, syomka kunlari | Bir odamning bandligiga bog'liq | Sino AI: 3 tilli kampaniya ~1 haftada |
| Jarayon | Katta jamoa, texnika, ijara | Ko'pincha faqat generatsiya | Ssenariy → kadrlar → montaj → ovoz → mix |
| Tarixiy va fantastik sahnalar | Qimmat dekoratsiya va kostyum | Sifat beqaror | Istalgan davr va lokatsiya, reference bilan |
| Boshqa tillar | Qayta ovoz va montaj | Odatda yo'q | Tarjima, yangi ovoz, ekrandagi matnlar |
| Tuzatish | Qayta syomka — qimmat | Kelishuvga bog'liq | Kadrni qayta generatsiya qilamiz |
Brifdan tayyor videogacha
Generatsiya — yarim ish. Videoni kino qiladigan narsa montaj, ritm va ovoz.
Ssenariy
Maqsad, auditoriya va format. Ssenariy va kadrma-kadr reja.
Generatsiya
Personajlar, lokatsiyalar va kadrlar AI'da — bitta uslubda, barqaror.
Montaj va ovoz
Ritm, rang korreksiyasi, ovoz berish, musiqa va subtitrlar.
Tayyor fayllar
9:16, 16:9 va 1:1 formatlarda — har bir platforma uchun.
Keyingi video sizniki
Bepul konsultatsiya: g'oya, format, muddat va narxni birga belgilaymiz.

